M B C

Loading

Avtomobil bo'yoqlari sifat va chidamlilik kafolati bilan!

Mashina uchun mukammal rang va himoya!

Yorqin ranglar va yuqori sifat - bizning kafolatimiz!

Avtomobil bo'yoqlarida innovatsion texnologiyalar!

Biz haqimizda

Multi Business Company

"Multi Business Company" MCHJ — Sifat, Innovatsiya va Milliy Brend

 

2020-yil 17-mart sanasida Andijon shahrida tashkil etilgan "Multi Business Company" MCHJ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-maydagi "Sanoat kooperatsiyasini yanada rivojlantirish va talab yuqori bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga asosan tashkil etilgan.

 

Kompaniyamizning asosiy yo‘nalishi – avtomobil sanoati uchun yuqori sifatli avtomobil bo‘yoqlari ishlab chiqarishdir. Mahsulotlarimiz xalqaro sifat standartlariga javob beradi va xorijdan keltiriladigan bo‘yoqlar o‘rnini bosuvchi import o‘rnini bosuvchi innovatsion mahsulotlar hisoblanadi.

 

Bizning missiyamiz – milliy brend ostida ishlab chiqarilgan mahsulotlar orqali O‘zbekistonda avtomobil sanoatini yangi bosqichga olib chiqish, hamda boshqa iqtisodiy tarmoqlarga ham qo‘shimcha qiymat yaratishdir.

 

"Multi Business Company" — bu:

  • Texnologik yangiliklar asosida ishlab chiqarish
  • Mahsulot sifati va atrof-muhitga do‘stona yondashuv
  • Mijozlarga sadoqatli xizmat
  • Milliy sanoat taraqqiyotiga hissa

300 +

Xodimlar

50000 t

Ishlab chiqarish xajmi

1

Kataforez liniyasi

90 +

Maxsulot turi

shape-img
shape-img
Bizning maxsulotlarimiz

Biz ishonch va sifatni taklif etamiz

O'zbekistondagi avtomobil bo'yoqlarini ishlab chiqarishda yetakchi kompaniya.

Bizning Loyihalar

Rang, Sifat Va Innovatsiyaning Birligi

shape-img
shape-img
choose-img
img

Sifat Sertifikatlari va Standartlar

Bizning korxonamiz yuqori sifat va xavfsizlik standartlariga qat'iy rioya qiladi. Mahsulotlarimiz xalqaro sifat menejmenti tizimlari bo'yicha sertifikatsiyadan o'tgan va biz quyidagi ISO sertifikatlariga egamiz:

  1. ISO 9001:2015 - Sifat menejmenti tizimi. Ushbu sertifikat korxonamizda ishlab chiqarish jarayonlarining doimiy sifat nazorati va mijoz talablariga muvofiqligini ta'minlash uchun amal qilinishini ko'rsatadi.
  2. ISO 14001:2015 - Ekologik menejment tizimi. Bu sertifikat atrof-muhitni muhofaza qilish, ishlab chiqarish jarayonlari davomida tabiiy resurslardan samarali foydalanish va ekologik xavfsizlikka rioya qilish bo'yicha mas'uliyatimizni aks ettiradi.
  3. ISO 45001:2018 - Mehnat xavfsizligi va salomatlik menejmenti tizimi. Ushbu sertifikat xodimlarimiz uchun xavfsiz ish sharoitlarini yaratish, ishlab chiqarish jarayonida sog'liq va xavfsizlikka katta e'tibor berilishini ko'rsatadi.

Bizning asosiy maqsadimiz - mijozlarimizga yuqori sifatli mahsulotlarni taqdim etish bilan birga atrof-muhit va mehnat xavfsizligini ta'minlashdir. Biz doimiy ravishda sifat va xavfsizlikni takomillashtirishga intilamiz va bu yo'lda xalqaro standartlarga amal qilamiz.

shape-img
brand-img
brand-img
brand-img
brand-img
brand-img
brand-img
brand-img
Yangiliklar

So'ngi yangiliklar