M B C

Loading

ED gruntovkasini mahalliylashtirish loyihasi

Avtomobil ishlab chiqarish sohasi qamrov doirasi kengayib, avtomobil turlari va savdolar soni yildan-yilga ortib bormoqda. Jumladan, avtomobil sohasida keng qo‘llaniluvchi ED suv asosidagi gruntovka (katoforez gruntovkasi) bo‘yoqi iste’molining oshib borayotganligi va bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasidagi yillik talabi 3 000 tonnani tashkil qilmoqda.

O‘zbekistonda avtomobilsozlik va sanoatning boshqa sohalarida ushbu bo‘yoqqa talabning yuqori bo‘lishi, o‘z navbatida, importga bo‘lgan ehtiyojimizni ham sezilarli darajada oshirmoqda. Hozirgi kunda ED gruntovkasi mahsulotining mamlakatimizga olib kirilishi yiliga 3000 tonnani tashkil etmoqda, ushbu bo‘yoq hozirgi kunda Koreya Respublikasi hamda Xitoy Xalq Respublikasidan olib kelinadi.

Biz ushbu loyihani amalga oshirish orqali yilda 3000 tonna — 9 million dollar miqdoridagi ED gruntovkasi importini qisqartirishni maqsad qilganmiz. Bu esa nafaqat iqtisodiy samaradorlikni oshirish, balki mahalliy mahsulotlar ishlab chiqarish, mustaqillikni ta’minlash va iqtisodiy barqarorlikni oshirishning muhim omili bo‘lib xizmat qiladi.

Ushbu loyiha, o‘z navbatida, sohadagi kelgusidagi rivojlanish uchun katta imkoniyatlarga ega bo‘lishi kutilayotgani shubhasiz.