M B C

Loading

Yo‘l bo‘yoq «Traffic Paint Uz-MBC-TP»
Tavsif:
Yo‘l bo‘yoq – modifikatsiyalangan akril smola, pigmentlar va turli reologik qo‘shimchalar asosida tayyorlangan bo‘yoqdir. U yo‘l chiziqlari, belgilar va yo‘l izlarini chizish uchun mo‘ljallangan. Eroziyaga chidamli. Mat qoplama hosil qiladi. Tez quriydi. Yuzaga yaxshi yotadi. Ushbu bo‘yoq har xil turdagi yo‘llar, piyodalar o‘tish joylari, trotuarlar va avtomobil to‘xtash joylari uchun ishlab chiqilgan.

Texnik tavsiflar:

- Asos: Akril smola, pigmentlar va turli qo‘shimchalar

- Erituvchi: MBC Thinner yoki P-4

- Rang: Oq, sariq

- Viskozligi: (20°C da) kamida 115 soniya

- Quruq qoldiq: 75% ± 5

- Zichlik: (20°C da) 1,50 ± 0,1 g/m³

- Sarfi: 240–300 g/m²

- Qurish vaqti: (25°C da, qatlam qalinligi 300 mkm):

- Qo‘l bilan tegilganda – 10 daqiqa

- To‘liq qotish – 30 daqiqa

- Yaltiroq darajasi (60° Gardner): 5 ± 2

- Saqlash muddati: +5°C dan +35°C gacha bo‘lgan haroratda 1 yil

- Qadoqlanishi: 20 litrlik yoki 30 kg lik metall chelak

Qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatma:
Yo‘l belgilari uchun materiallar havo va havosiz purkash, cho‘tka yoki valik orqali chang va boshqa iflosliklardan tozalangan, quruq yuzaga qo‘llaniladi. Bo‘yoqning viskozligini P-4 erituvchisi bilan 3% gacha suyultirishga ruxsat beriladi.