Avtomobil qismlarini shtamplash sehi loyihasi
Bugungi kunda Respublikamizda avtomobil ishlab chiqarish sohasi kengayib, avtomobil turlari va savdolar soni yildan-yilga ortib bormoqda. Respublikamizda avtomobil zavodlari soni hamda avtomobil qismlariga bo‘lgan bozor talabi ortib bormoqda. Bugungi kunda Xitoy Xalq Respublikasi va Koreya davlatlaridan Respublikamizga kirib kelayotgan avtomobil qismlari bozorlarga kirib kelib, Jizzax va boshqa viloyatlarimizda tashkil etilgan avtomobil zavodlarining ishlab chiqarish jarayonlarida shtamplash jarayonlari yo‘qligini inobatga olgan holda, bizning kompaniyamiz mazkur loyihani amalga oshirishni rejalashtirdi.
Loyiha doirasida yillik 1,5 million dona avtomobil qismlarini importini qisqartirishga erishishimiz mumkin bo‘ladi. Bu, o‘z navbatida, bozorlarmizda arzon va sifatli avtomobil qismlari bilan ta’minlash imkonini beradi.
Biz aholining talablariga javob beradigan, mahalliy ishlab chiqarishni rag‘batlantiradigan mahsulotlarni taqdim etishga intilamiz.